Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 29-03-2023, 12:52

Navro‘z - bahor bayrami!

Maktabimizda Navro‘z shukuhi…

Bahor - fasllar gulshani, uyg‘onish fasli. Butun borliq, ona tabiat barq urib yashnaydi, yangilanadi. Tirik jonzot borki yangi kunning tug‘ilishidan bahra oladi, zavqlanadi.

Turkiy xalqlar ham Navro‘z bayramini, ya'ni yangi kunning tug‘ilishini aynan bahor faslida nishonlashi bejiz emas.

Navroz qadimiy milliy bayrami (fors tilidan tarjima qilindanda “yangi kun” ma’nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan kopgina Ozbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko‘k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bolgan kop vitaminlarga boydir.

Navro‘z, eng avvalo, ezgulik elchisi! Bayram arafasida va bayram kunlari yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha bir-biriga mehr-muruvvat ko‘rsatishi, dehqonlarimiz yaxshi niyat bilan yerga urug‘ qadashi, otaxonlarimiz nabiralari, farzandlari bilan ko‘chat ekishi, mahallalarda bog‘ yaratish, obodonlashtirish ishlari avj olishi ham ezgulikka qaratilgan!

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan song Ozbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan, Navroz bayramini nishonlash oziga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramdir. 

 

Hazorasp tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 46-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Navro‘z-bahor bayrami” tantanali nishonlandi. Bitiruvchi va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida turli xil raqs, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Milliy urf-odatlarimizni o‘zida mujassamlashtirgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e’tiborini tortib, bahoriy  kayfiyat bag‘ishladi.

 

O‘quvchi yoshlar ustozlar bilan birgalikda turli xil vitaminlarga boy bo‘lgan sumalak pishirdilar, inson immuniteti tushib ketadigan ayni bahor faslida organizmning vitaminlarga bo‘lgan ehtiyoji katta bo‘ladi. Sumalak esa ana shu kerakli vitaminlarga boy hisoblanadi. Yana bir e’tiborli jihatlaridan biri shuki, sumalak insonlarni ahillikka chorlaydi, maysa undirishdan tortib birgalikda  o‘choqqa olov yoqib, qozon boshida qo‘shiqlar aytib sumalak pishirishning gashti o‘zgacha.

 

Xalqimizda yaxshi bir gap bor: Tinch, ozod va obod yurtga bayramlar yarashadi! El-yurt xizmatida halollik va fidoyilik bilan mehnat qilayotgan Siz aziz yurtdoshlarimiz ham mamlakatimiz taraqqiyoti va farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Bu e’tirofning aynan bayram kunlarida yana bir bor ta’kidlash bizga o‘zgacha mamnuniyat baxshida etadi. Fursatdan foydalanib, Sizlarga omad, kuch-qudrat tilaymiz! Baxt, tinchlik-totuvlik, qut-baraka xonadoningizni tark etmasin!

Yana bir bor Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin!


46-son 

maktab jamoasi nomidan 

Ibragimova Go‘zal

 


Manzil

  • Xorazm viloyati, Hazorasp tumani Do'stlik mahallasi Ohunbabayev 69 uy
  • +998 (90) 090-23-01
  • info@hazorasp46-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Март 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 

Yil dasturi

Maktab manzili